Ekspert koronavirusdan immunitet haqida gapirdi

Koronavirus infeksiyasidan tuzalgan bemor, odatda, ikkinchi marta bu kasallikka qayta chalinmaydi - Aleksandr Lukashev.
Sputnik

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Koronavirus infeksiyasidan tuzalgan bemor, odatda, ikkinchi marta bu kasallikka qayta chalinmaydi, chunki uni kamida bir necha yilga immunitet xosil bo‘ladi, deb ta’kidladi E.I. Marinovskiy Sechenovskiy universiteti tropik va transmassiv kasalliklar tibbiy parazitologiya instituti direktori Aleksandr Lukashev.

Koronavirusni diagnostika qilishda tezkor yadroviy metod taklif qilindi

“Qoidaga ko‘ra, bemor ikkinchi marta xuddi shu koronavirus bilan kasallanishi mumkin emas. Hech bo‘lmaganda keyingi bir necha yil ichida, chunki unda immunitet shakllanadi”, - dedi Lukashev.

U ta’kidlashicha, OAVlar Uxanda qayta yuqtirish holatlari haqida xabarlari esa tashxis qo‘yishdagi xatolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirusining tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. Dunyoning 143 ta mamlakatlarida 153 mingdan ortiq odam yuqumli kasallikka chalingan, ularning aksariyati tuzalib ketdi, 5,7 ming kishi vafot etdi.