WhatsApp yangi funksiyani ishga tushirdi

Ta’kidlanishicha, foydalanuvchi mustaqil ravishda xabarlar saqlanishining davomiyligini tanlashi (bir soatdan bir yilgacha) yoki funksiyani o‘chirib qo‘yishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. WhatsApp ijtimoiy tarmog‘i avtomatik ravishda xabarlarni o‘chirib tashlashni faollashtirishga imkon beradigan yangi funksiyani ishga tushirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, foydalanuvchi mustaqil ravishda xabarlar saqlanishining davomiyligini tanlashi (bir soatdan bir yilgacha) yoki funksiyani o‘chirib qo‘yishi mumkin. Xabarlarni avtomatik ravishda o‘chirilishi ham guruh, ham oddiy muloqot uchun ko‘zda tutilgan.

Funksiya faollashtirishganda xabarni jo‘natish vaqti ko‘rsatgichi yonida soat shaklidagi kichik bir belgi joylashgan bo‘ladi.