Mirziyoyev tashrifidan so‘ng Xorazmning uch tumanida hokim o‘zgardi

Shavkat Mirziyoyevning Xorazmga tashrifidan so‘ng Yangibozor, Hazorasp, Yangiariq tumanlariga yangi hokim tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Xorazm viloyatining Yangibozor, Hazorasp, Yangiariq tumanlariga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qildi.

Xalq deputatlari uchta tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda tashkiliy masala ko‘rilgan.

2018 yildan Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Qurbanov O‘ktamboy Yangibozor tumani hokimi etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev Xivada Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdi

2018 yildan Xorazm viloyati Yangibozor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan O‘ktam Masharipov Hazorasp tumani hokimi etib tayinlandi.

Shuningdek, Yangiariq tumani hokimi Maxsud Saidov rasman egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu lavozimga Muxammedmurad Xudayberganov tayinlandi. Xudayberganov 2019-yildan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-13 mart kunlari Xorazm viloyatiga safar qilib,  hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishishgan edi.