O‘zbekistonda xalqaro standartlarga mos tibbiy niqoblar ishlab chiqariladi

Tez fursatlarda Yevropa meyorlariga javob beradigan standart asosida O‘zbekiston Davlat standartini ishlab chiqish vazifasi belgilandi
Sputnik

TOShKENT, 14 mar - Sputnik. "O‘zstandart" agentligi huzuridagi Standartlar institutida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda xalqaro tajribalarga asoslangan holda sifatli tibbiy niqoblar ishlab chiqarish bo‘yicha davlat standarti ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqildi.

Qozog‘iston koronavirus tufayli ommaviy tadbirlarni bekor qilmoqda

Unga ko‘ra, bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan tibbiyot niqoblariga qo‘yilayotgan talablar yetarli emasligi, ushbu talablar bo‘yicha niqoblar ishlab chiqarilishi maqsadga muvofiqmasligi to‘g‘risida hamda kelajakda ushbu meyoriy hujjat barcha tibbiyot niqoblarini ishlab chiqaruvchilar uchun yagona talabni shakllantiruvchi va muvofiqlashtiruvchi hujjat bo‘lishi haqida aytib o‘tildi.

"Yurtimizdagi tibbiy niqob ishlab chiqarish faoliyatini olib borayotgan mutaxassislar, texnologlar va ekspertlarni jalb etgan holda tez fursatlarda Yevropa meyorlariga javob beradigan standart asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartini ishlab chiqish vazifasi belgilandi. Ushbu tibbiyot niqobining o‘lchamlari, shakli, filtri, mikrobiologik tozalik darajasi hamda hafvsizligi qo‘yiladigan talablarga javob beradi", - deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning 1-aprel sanasigacha ushbu loyihani samarali amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzaga kelganidan buyon O‘zbekistonning barcha regionidagi dorixonalarda tibbiyot niqoblari tanqisligi kuzatilmoqda.