TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi o‘quv dasturida belgilangan ta’tildan tashqari qo‘shimcha ta’tillar berilmaslini ma’lum qildi.
Maktab o‘quvchilari 21-mart kunidan navbatdagi ta’tilga chiqadi. Ta’til oldindanrejalashtirilganidek - 7 kun davom etadi”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus tufayli 21-martdan sentabr oyigacha maktablarda ta’til e’lon qilinishi haqidagi mish-mish tarqalgan edi. Xalq ta’limi vazirligi mazkur ma’lumot noto‘g‘riligini ma’lum qiladi.