Uzbekistan Airways xorij fuqarolariga chiptalarni jarima to‘lovisiz qaytarmoqda

joriy yilning mart-aprel oylarida Parij, London, Frankfurt, Tel-Aviv, Bangkok, Kuala-Lumpurdan bo‘lgan Uzbekistan Airways qatnovlari orqali O‘zbekistonga safarini rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar uchun aviachiptalarni jarima to‘lovisiz qaytarish imkoniyati taqdim etiladi
Sputnik

TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Uzbekistan Airways koronavirus sababli xorij fuqarolariga jarima to‘lovisiz chiptalarni qaytarishini e’lon qildi.

"Lyubaya biznes xorosha": firibgarlar koronavirusga qarshi tumorlarni sotuvga chiqardi

"O‘zbekiston Respublikasiga bir qator mamlakatlardan kelgan yo‘lovchilar kirib kelishi bo‘yicha o‘rnatilgan cheklovlar tufayli 2020-yilning mart-aprel oylarida Parij, London, Frankfurt, Tel-Aviv, Bangkok*, Kuala-Lumpurdan* bo‘lgan Uzbekistan Airways qatnovlari orqali O‘zbekistonga safarini rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar uchun aviachiptalarni jarima to‘lovisiz qaytarish imkoniyati taqdim etiladi", - deyiladi kompaniya xabarida.

* O‘zbekiston Respublikasiga Singapur, Gonkong, Makao, Tayvandan kelgan yo‘lovchilar.

Yangi koronavirus infeksiyasi

O‘tgan yilning oxirida XXR hukumati kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya epidemiyasi haqida xabar qilgan edi. So‘ngra mutaxassislar tomonidan kasallik qo‘zg‘atuvchisi - yangi koronavirus ekanligi aniqlandi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiya haqida e’lon qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha 110dan ziyod mamlakatlarda 125 ming kishi yangi turdagi koronavirus bilan bemorlangan, ulardan 4625 nafari vafot etgan, 68 mingdan ziyodi shifo topgan.

Rossiya Federatsiyasida koronavirusni yuqtirganlik bilan bog‘liq 34ta holat qayd etilgan.

Sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov 12-mart kuniga qadar O‘zbekistonda bironta koronavirusga chalinish holati qayd etilmaganligini rasman ma’lum qildi.