Temir yo‘l va avtotransport egalari termometriyadan o‘tkazildi

Mazkur fuqarolardan 55 nafari oxirgi 15 kun muddat ichida koronavirus tarqalgan mamlakatlarda bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Joriy yil 15-yanvaridan 12-mart kuni soat 16:00 ga qadar temir yo‘l, avtotransport egalari hamda yo‘lovchi shaxslar termometriyadan o‘tkazilgan. Bu haqda Sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov ma’lum qildi.

Jurnalistika universitetida qo‘l berib ko‘rishish taqiqlandi

Ushbu shaxslar xalqaro aeroportlar orqali 18 ta reysda 2052 nafar, temir yo‘l orqali 6 ta poyezdda 1721 nafar, qolgan chegara bojxona postlaridan 830 ta avtotransport egalari hamda 1597 nafar yo‘lovchi shaxslar bo‘lib, ulardan 55 nafari oxirgi 15 kun muddat ichida koronavirus tarqalgan mamlakatlarda bo‘lgan.

Shuningdek, uy sharoitida karantin ishlarini davom ettirishlari uchun tekshiruvdan o‘tkazilgan fuqarolardan tilxatlar olingan va tibbiy kuzatuv davom ettirilishi uchun ruxsat berilgan.

Bahrom Almatov shu qatorda tibbiy niqoblarni taqish kimlar uchun mo‘ljallanganligi yuzasidan ham qisqacha to‘xtalib o‘tdi. 

Uning ta’kidlashicha, tibbiy niqoblarni birinchi navbatda kasallik belgilari paydo bo‘lgan, ya’ni yuqori nafas yo‘llarida shamollash belgilari bor bo‘lgan, ikkinchidan ana shunday bemorni parvarish qilayotgan, ular bilan gaplashayotgan odamlar taqishi tavsiya etiladi.

“Har qanday kasallikning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalari va ozodagarchilikka rioya etish, tanani chiniqtirish va immunitetni oshirish maqsadga muvofiqdir,” – deydi u.