Shavkat Mirziyoyev Xivada Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Xivadagi prezident maktabida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Kecha, 12-mart kuni, Shavkat Mirziyoyev Xivadagi Prezident maktabi bilan tanishdi, deb xabar beradi matbuot hizmati.

"Biz juda katta marra olganmiz. Ularga erishishda sizlarday yoshlarga ishonamiz va suyanamiz. Murakkab sinovlardan o‘tib, bu maktabga kirib, katta yo‘lga qadam qo‘ydingiz. Bu yerda zo‘rlarning zo‘ri o‘qiydi. Sizni shunday tarbiyalagani uchun ota-onalaringizga mendan rahmat aytinglar. Bu avvalo ularning, ular bilan birga mening ham baxtim, butun millatimizning baxti", - dedi Prezident.

Bu yerda Prezident maktabi standartlari asosida eng zamonaviy sharoit yaratilgan. Joriy o‘quv yilida 5-10 sinflarga jami 144 nafar o‘quvchi tanlov asosida qabul qilingan. Ularga dars berish uchun 9 nafar xorijlik mutaxassis, 21 nafar tajribali o‘qituvchilarimiz jalb qilingan.

Shavkat Mirziyoyev Xivada Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil noyabr oyida Shavkat Mirziyoyev ilg‘or arxitektura yechimlari asosida qurilgan va energiya tejaydigan texnologiyalar bilan jihozlangan "Zamonaviy maktablar" ni yaratishni ma’qulladi.

Shavkat Mirziyoyev Xivada Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdi

Prezident, shuningdek, rahbar va professor-o‘qituvchilar tarkibiga qo‘yiladigan talablarni, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, badiiy adabiyotlar va boshqa adabiyotlar bilan ta’minlanish darajasi, o‘quv jarayoni, shuningdek darsdan tashqari tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlashni topshirdi.

Shavkat Mirziyoyev Xivada Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdi

2020-2022 yillarda O‘zbekistonda "Zamonaviy maktab" loyihasi doirasida ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash uchun jami 4,05 trln.so‘m yo‘naltiriladi.

Shavkat Mirziyoyev Xivada Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdi