Koronavirusni Uxanga amerika harbiylari olib kelgan bo‘lishi mumkin - Xitoy TIV

AQSh epidemiologiya markazi vakili Robert Redfild aytishiga qaraganda, AQShda oldin ham bir necha kishilar grippdan vafot etgan, o‘limidan so‘ng esa ularning tanasida koronavirus topilgan.
Sputnik

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Xitoy Tashqi ishlar vakili Chjao Liszan koronavirusni Xitoyga amerikalik harbiylari olib kelgan bo‘lishi mumkinligini xabar qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

“Ochiqchasiga ayting! O‘zingizda bor ma’lumotlarni e’lon qiling! AQSh buni bizga tushuntirib berishi kerak”, - deb yozdi o‘z Twitterida xitoylik diplomat.

Ushbu voqeadan oldin AQSh kasalliklarni oldini olish markazi rahbari Robert Redfild AQShda bir necha kishilar grippdan vafot etgan, o‘limidan so‘ng esa ularning tanasida koronavirus topilgani haqida xabar qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum kasallik epidemiyasi boshlangan edi. Shundan so‘ng Xitoy Uxan shahrida 14 kunlik karantin e’lon qilib, transport va korxonalar faoliyatini to‘xtatgan edi.

AQSh o‘shanda Xitoyni mutlaq izolyatsiya qilish bilan birga yovvoyi jonzotlarni iste’mol qilishda ayblab, OAV orqali turli “noqulay”  savollar yo‘llagan edi. Endi bo‘lsa noqulay savollar berish navbati Xitoyga kelgan bo‘lsa ajab emas.