Karantin o‘tkazish uchun dunyoda birinchi hashamatli kurort ochildi

Maldivda COVID-19 koronavirus karantinini o‘tkazish uchun dunyoda birinchi hashamatli kurort ochildi. Mehmonxona 10 kun ichida qurildi.
Sputnik

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Maldivda COVID-19 koronavirus infeksiyasining tashuvchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan turistlarni izolyatsiya qilish uchun dunyodagi birinchi orol kurortini ochildi. Bu haqda Rossiya turoperatorlari uyushmasi Xitoy OAV va Maldiv hukumatiga asosan xabar qildi.

O‘zbekiston Eronga gumanitar yordam yuboradi

Otel Mali poytaxtidan 24 km uzoqlikdagi Vilivaru (Atoll Kaafu orolida 10 kun ichida barpo qilindi.

Ta’kidlanishicha, bu yerda karatinga olingan kishilar uchun tibbiyot xodimlari bepul ishlaydi, ular hukumat tomonidan moliyalashtiriladi.

Mehmonxonada yopiq shamollatish va havoni tozalash tizimi bilan jihozlangan 30 ta xona mavjud bo‘lib, kuniga uch maxal ovqatlanish (xonaga olib kelinadi), katta LCD-televizor va minibar va boshqa zarur sharoitlar tashkil qilingan.

Tashqi tashriflar va mehmonlarning bir-biri bilan aloqalari taqiqlanadi.