Jurnalistika universitetida qo‘l berib ko‘rishish taqiqlandi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitet hududida virusli holatlarni oldini olish maqsadida har qanday taktil aloqa shakllari universitet hududida taqiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 13 mar – Sputnik. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektorining buyrug‘iga ko‘ra, virusli holatlarni oldini olish maqsadida har qanday taktil aloqa shakllari universitet hududida taqiqlangan. Bu haqda universitet veb-saytida e’lon qilingan.

Jurnalistika universitetida qo‘l berib ko‘rishish taqiqlandi

“O‘zJOKU rektorining buyrug‘iga ko‘ra, endilikda har qanday taktil aloqa shakllari taqiqlanadi. “O‘zini asraganni Xudo asraydi” deb bejiz aytishmaydi. Keling, sog‘lig‘imizni asraylik — qo‘limizni tez- tez yuvib, har qanday virusli baxtsizlikdan ehtiyot choralarini ko‘raylik!”, deyiladi universitet ogohlantirishida.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Nyukasl” futbol klubi bosh murabbiyi Stiv Brus koronavirusdan himoyalanish chorasi sifatida klub futbolchilari orasida qo‘l berib ko‘rishishni taqiqlagandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 110 tadan ziyod mamlakatda 125 ming kishi  koronavirus bilan kasallangan, ulardan 4625 nafari vafot etgan, 68 mingdan ortig‘i sog‘ayib ketdi.

Shu haftada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda yangi koronavirus COVID-19 pandemiyasini e’lon qilgandi.