Iqtisodchi kelgusi ikki yilda dollar-rubl kursi qanday bo‘lishini bashorat qildi

Kelgusida rubl asta-sekin oldingi kursga qaytib, o‘z pozitsiyalarini qaytarishni boshlaydi, ammo bu faqat 2,5 yildan keyin amalga oshiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Rubl Brent markali neftning dinamikasiga qarab boradi, keskin pasayish  - dollar 75 rubldan oldingi 61 rubl kursiga qaytadi.

Rossiyada dollar kursi yana ko‘tarildi

Goldman Sachs tahlilchisi Klement Graf RIA Novostiga ma’lum qilishicha, ikki yildan so‘ng rubl barqarorlashishi mumkin.

Prognozga ko‘ra, OPEK+ shartnomasi barbod bo‘lgandan so‘ng Brent neft narxi yaqin 6 oy ichida bir barrel uchun 30 dollar atrofida bo‘ladi. Olti oydan so‘ng narx asta-sekin bir barrel 60 dollar darajasiga qaytishni boshlaydi. O‘sha vaqtda rubl o‘z pozitsiyalarini qaytarishni boshlaydi.

Shu yilning II va III chorak davomi dollar 75 rubl kursida bo‘ladi, keyingi yilda esa dollar kursi 68 rubl atrofida bo‘ladi. 2,5 yildan co‘ng dollar kursi 61 rubl bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 6-mart kuni OPEK+ shartnomasi barbod bo‘lgandan so‘ng 9-mart savdolarida Brent nefti 30 foizga pasaydi va bir barrel 31 dollarni tashkil qildi. Kelasi kun neft narxi bir barrel 35 dollarga yetdi. Ayni damda neft barrel narxi 32,7 dollarni tashkil qilmoqda. Payshanba kuni Moskva birja savdolarida dollar 75,39 rublni tashkil qildi.