TOShKENT, 12 mar – Sputnik. UFC rahbari Dana Uayt koronavirus tarqalishi tufayli aprel oyida Habib Nurmagomedov va Toni Ferguson jangi bekor qilinishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga mem bilan munosabat bildirdi.
Uayt Instagram’da joylashtirilgan memda kishi jang bekor qilinishi mumkinligi tufayli xavotir olayotgani aks etgan.
Bundan avval Dana Uayt koronavirus epidemiyasi aprelda o‘tkazish rejalashtirilgan UFC-249 musobaqasiga tahdid solmaydi, deb aytgandi.
Nurmagomedov va Ferguson jangi Nyu-Yorkda 18-aprelda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Nurmagomedov 28 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Ferguson esa 25 jangda g‘alaba qozonib, uch marta mag‘lubiyat alamini tortgan.