Tojikistonda o‘zbek-tojik harbiylari “terrorchilarni yakson qilishadi”

Mashg‘ulotlar davomida ikki davlat chegarasini buzib o‘tgan shartli terrorchi guruhlarni zirhli texnika, artilleriya, aviatsiya va o‘qotar qurollar yordamida yakson qilinishi rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Tojikistonning Xatlon viloyatidagi “Faxrobod” dala-o‘quv maydonida “Hamdo‘stlik – 2020” o‘zbek-tojik o‘quv mashg‘ulotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Marosimda so‘z olganlar har ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi sabab mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning tobora mustahkamlanib borayotgani harbiy hamkorliklarga ham katta yo‘l ochib bergani ta’kidlashdi. Hamkorlikda o‘tkazilayotgan ushbu o‘quvlar shubhasiz, qo‘shni davlat harbiylarining bir-birini yaxshi anglashiga xizmat qiladi.

Tojikistonda o‘zbek-tojik harbiylari “terrorchilarni yakson qilishadi”

Ta’kidlanishicha, harbiylar mashg‘ulotlar davomida ikki davlat chegarasini buzib o‘tgan shartli terrorchi guruhlarni zirhli texnika, artilleriya, aviatsiya va o‘qotar qurollar yordamida yakson qilishni rejalashtirishgan.

Mazkur o‘quv mashg‘uloti har ikki davlat mudofa kuchlarining jangovarligini oshirish, ularning tajriba almashishlari, bir-birini yaxshi anglashlari maqsadida O‘zbekiston va Tojikiston Mudofaa vazirliklarining maxsus kuchlari hamkorligida tashkil etilgan.

Tojikistonda o‘zbek-tojik harbiylari “terrorchilarni yakson qilishadi”

Bundan avval o‘zbek-tojik harbiylarining ilk qo‘shma mashg‘uloti 2018-yilda imzolangan harbiy hamkorlikdan so‘ng o‘sha yilning sentabr oyida Tojikistonning “Chorux-Dayron” o‘quv markazi bazasi hamda “Nurafshon” poligonida tashkil etilgan.