Rossiyada dollar kursi yana ko‘tarildi

Moskva birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada dollar kursi 74 rubldan oshdi. Rubl 2016-yildagi salbiy ko‘rsatkichini yangiladi.
Sputnik

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. 2016-yil mart oyidan beri dollar kursi birinchi marta 74 rubl chizig‘ini kesib o‘tdi. Buni Moskva birja ma’lumotlari tasdiqlab turibdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Qirg‘izistonda dollar keskin ko‘tarildi

Savdolar boshidan AQSh valyutasi 0,87 rublga ko‘tarilib, 73,82 rublni tashkil qildi. Yevro esa 1,14 rublga oshdi va 83,29 rublni tashkil qildi.

Kuni kecha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasi e’lon qilinganidan keyin rubl to‘rt yillik salbiy ko‘rsatkichini yangiladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 114 ta mamlakatda umumiy infeksiyalangan soni 125800 kishini tashkil etgan, 4615 kishi vafot etgan.

Shuningdek, OPEK + bitimi qulaganidan keyin neft narxining pasayishi valyuta bozoriga ta’sir qiladi.