O‘zbekiston Eronga gumanitar yordam yuboradi

Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi farmoyishi qabul qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida hukumat farmoyishi qabul qilindi.

O‘zbekiston Xitoyga ikkinchi partiya insonparvarlik yordamini yubordi

Farmoyishga ko‘ra, Eron Islom Respublikasi hukumatining koronavirus kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur buyum va vositalar bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaatini qo‘llab-quvvatlash, ushbu infeksiyaga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish maqsadida Eronga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuboriladi:

- bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar;

- himoya qiluvchi kombinezon;

- maxsus tibbiy forma;

- tibbiy niqoblar;

- tibbiy doka;

- tibbiy spirt;

- gigiyenik gel;

- “Rutan” tabletkalar.

Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun Eronga favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi yuboriladi.