Bloomberg Rossiyaning neft urushidagi asosiy kuzirini aytdi

Rossiya barreli uchun 15-20 dollar bo‘lgan vaqtda ham ishlashga qodir yagona neft ishlab chiqaruvchi bo‘la olishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Rossiya barreli uchun 15-20 dollar bo‘lgan vaqtda ham ishlashga qodir yagona neft ishlab chiqaruvchi bo‘la olishi mumkin, deya yozadi Bloomberg.

Neft narxlari urushi: G‘arb ekspertlari g‘olibni bashorat qilishdi

Bank of America i Raiffeisenbank tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Moskvaning ustunligi ishlab chiqarishning past narxi, rivojlangan infratuzilma, kerak tomonga o‘zgara oladigan soliq tizimi va o‘zgaruvchan rubl kursidir.

Agentlikning ta’kidlashicha, rossiyalik ishlab chiqaruvchilar daromadlarining bir qismini dollarda olib, rublda sarflashdi. Shuning tariqa ular raqobatchilar ushbu xarajatni qisqartirishga majbur bo‘lishganda, ishlab chiqarishga investitsiya kirita oladilar.