O‘zbekiston tajribasi yoqib tushdi: Qirg‘iziston hukumati pullik tonirovkani joriy etmoqchi

Hozircha ruxsatnomani olish uchun to‘lov tartibi va to‘lov miqdori aniqlashtirilmagan. Ammo qonun loyihasini joriy etishdan maqsad aniq
Sputnik

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Qirg‘iziston hukumati ham endi avtomobilning old va yon oynalarini ma’lum to‘lov evaziga tonirovka qilishga ruxsat berishni taklif etmoqda. Sputnik Qirg‘iziston xabari asosida.

Avtoekspert nima sababdan “tonirovka” jazirama issiqdan himoya qilmasligini tushuntirdi

Mamlakat iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi Vazirlar mahkamasi saytida muhokamaga qo‘yilgan. Qirg‘iziston hukumati shu tariqa respublika budjetiga tushumlarni ko‘paytirib, tonirovkani noqonuniy tarzda o‘rnatib olayotgan haydovchilar tomonidan bo‘layotgan qoidabuzarliklar sonini pasaytirmoqchi.

Mamlakat Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Qirg‘izistonda 1 million 343 ming 813ta avtomashinalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan. O‘tgan yilning 9 oyi davomida tonirovkaning noqonuniy o‘rnatilishi yuzasidan 1903ta dalolatnoma tuzilgan va bundan 50 million som (715545$) miqdorida jarimalar undirilgan.

O‘zbekistonda tonirovka uchun belgilangan narxlar bilan quyida tanishishingiz mumkin >>>