Qirg‘iziston masjidlarini dezinfeksiyalash boshlandi - foto

Poytaxtda 68 ta masjid mavjud bo‘lib, ularning har birida sanitariya-epidemiologiya nazorati mutaxassislari tomonidan ikki marta dezinfeksiya qilinadi.
Sputnik

TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Respublika masjidlarida koronavirusning oldini olish maqsadida dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Bugun Bishkekdagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimlari Markaziy masjidida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdilar.

Dezinfeksiya tadbirlari ikki marta poytaxtdagi barcha 68 ta masjidda o‘tkaziladi.

Bundan avval respublika musulmonlar idorasi masjidlarda fuqarolar orasida koronavirusga qarshi profilaktik choralar haqida tushuntirish ishlarini olib borilishi to‘g‘risida topshiriq berdi.