Turkiya nega Suriya ZRKsini yo‘q qilgani haqida gapirmoqda - ekspert fikri

Rossiya Mudofaa vazirligi turk kuchlari tomonidan Suriyadagi “Pansir” ZRKlari yo‘q qilingani haqidagi ma’lumot haqiqatdan yiroqligi haqida bayonot berdi. Ekspert Anqara nima maqsadda bunday bayonotlar bergani yuzasidan fikr bildirdi.
Sputnik

Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘anga Suriyaning sakkizta “Pansir” raketa-raketa tizimlari yo‘q qilinganligi haqida taqdim etilgan ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Vazirlikka ko‘ra, bunday ma’lumotlar “bo‘rttirmadan boshqasi emas”, deb yozadi RIA Novosti.

Avvalroq Erdog‘an Turkiya Qurolli kuchlari Suriyaning Idlib shahrida sakkizta “Pansir” zenit-raketa-to‘p tizimini yo‘q qilganini aytgan edi.

“Biz dronlarimiz yordamida Idlibda sakkizta “Pansir”ni yo‘q qildik. Ularning narxi juda baland, bular muhim havo mudofaasi tizimlari”, - dedi Erdog‘an turk jurnalistlariga.

AQSh Turkiyaga Suriyada qo‘shimcha yordam taqdim etishi mumkin

Rossiya harbiylarining ta’kidlashicha, Suriyaning asosiy havo mudofaa tizimlari, shu jumladan, “Pansir”lar, asosan Damashq hududida joylashtirilgan va Idlibda hukumat kuchlarini faqat to‘rtta zenit-raketa-to‘p tizimlari himoya qilgan. Vazirlik turk uchuvchisiz qurilmalarining ommaviy hujumi natijasida ikkita “Pansir” zarar ko‘rganini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga, harbiylar ushbu komplekslarni deyarli qayta tiklab bo‘lganlar.

Sputnik radiosi efirida RISI Yaqin va O‘rta Sharq Markazi rahbari Vladimir Fitin Turkiya tomoni bu kabi bayonotlarni ichki siyosiy maqsadlar uchun aytmoqda degan fikrni bildirdi.

“Birinchidan, buning hammasi ichki iste’mol uchun, ya’ni garchi Turkiya suriya armiyasini u shu paytgacha egallab turgan pozitsiyaga siqib chiqara olmagan bo‘lsada, ammo turk armiyasi qanday buyuk muvaffaqiyatlarga erishganini ko‘rsatish aytilyapti. Rossiyaning ilg‘or havo mudofaasi tizimini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan Turk qurolli kuchlari qanchalik muvaffaqiyatli harakat qilganini xalqiga ko‘rsatish maqsadida. Menimcha, gap faqat shunda”, - dedi Vladimir Fitin.