Mehnat vazirligi qishloqlarda kooperativlar tashkil qilishni boshladi

Uzoq qishloqlar aholisi bandligini oshirish maqsadida Mehnat vazirligi kooperativlar tashkil qilishni boshladi.
Sputnik

TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qishloq aholisini ish bilan ta’minlash maqsadida kooperativlar tashkil qilishni boshladi. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Vazirligi tashabbusi bilan qishloq joylarda aholi bandligini ta’minlash maqsadida tuman markazidan uzoqda joylashgan, xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanmagan hududlarda kooperativlar tashkil etilyapti”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu loyiha asosida 17 mingdan ortiq qishlov aholisi daromadlarini oshirish ko‘zda tutilgan. 

Ana shunday koperativlardan birinchisi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani hududida paydo bo‘lishi mumkin. Mehnat vaziri N.Xusanov ham mana shunday kooperativlarni tashkil etish yuzasidan Do‘stlik, Mehnatobod va Ilgaldi MFY ishsiz, band bo‘lmagan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazib, mazkur loyihaning afzalliklari va imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.