Koronavirus foydasi - Xitoyda birinchi bor havo tozalanishi kuzatildi

Transport harakati va korxonalar faoliyati to‘xtatilishi natijasida Xitoy atmosferasi zaharli gazlardan sezilarli darajada tozalanishi kuzatildi.
Sputnik

TOShKENT, 11 mar – Sputnik. NASA va YeKA (Yevropa Kosmik agentligi) sputniklari birinchi marotaba Xitoy osmonida Azot dioksidi (NO2) sezilarli darajada kamayishini qayd etishdi.

Koronavirus foydasi - Xitoyda birinchi bor havo tozalanishi kuzatildi

Yanvar oyining oxirida Xitoy hukumati koronavirus tarqalishi munosabati bilan Uxan va boshqa yirik shaharlarda avtotransport harakatini va mahalliy korxonalar ishlashini ta’qiqlab qo‘yishgan, millionlab kishilar karantin va uy sharoitida ishlashga o‘tgan edi.

Buning natijasida Xitoy tarixida birinchi bor ulkan hududda azot dioksidi gazi sezilarli darajada kamayishi kuzatildi. NASA havo sifatini kuzatuvchi mutaxassis Fey Lyu aytishiga qaraganda 2008-yilda Pekinda Olimpiada bo‘lib o‘tgan kunlarda ham transport harakati cheklanishi va havo ifloslanishi kamayishi kuzatilgan.