Chegarada bojxonachilar ko‘p ishlab kam maosh olayotganining sababi aytildi

Chegaradan o‘tuvchilar soni ko‘pligidan, bojxona xodimlari 45 soat o‘rniga 72 soatdan ishlashga majbur bo‘lmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 11 mar - Sputnik. O‘zbekiston chegara postlaridagi bojxonachilar nima sababdan ko‘p ishlab kam maosh olishayotgani haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani davomida, DBQ boshqarma boshlig‘i Farhod Olimjonov tushuntirib berdi.

O‘zbekiston Bojxona kodeksida nimalarni o‘zgartirish kerak – ekspert fikri

Anjumanda O‘zbekiston chegara postlarida ikki tomonlama faol harakat tufayli xizmat qilayotgan bojxona xodimlari haftasiga 72 soat ishlashga majbur bo‘layotgani, shtat kamligi, ammo ularga 40-45 soatlik ish vaqti uchun maosh to‘lanayotgani haqidagi savol yo‘llandi.

— Bugungi kunda bojxona organi oldida avvalambor davlat xavfsizligi masalasi turibdi, – deydi DBQ boshqarma boshlig‘i Olimjonov. Qolaversa, chegara bojxonasi xodimlari har bir transport ichini tekshirish, har xil noqonuniy taqiqlangan kontrabanda, giyohvandlik, portlovchi qurol yaroqlarni o‘z vaqtida payqab qolish bo‘yicha javobgarlik ham o‘sha chegarada xizmat olib borayotgan xodimning zimmasida bo‘ladi.

Mirziyoyev bojxona qo‘mitasi raisiga qator topshiriqlarni berdi

Shu bois ham ularning ish vaqti va dam olishi masalasini ayni damda hal etish  xavfsizlik va budjet jihatidan bir oz muammo bo‘lib turibdi. Ya’ni biz darhol ularni  3 smenli ishga o‘tkazib qo‘ya olmaymiz. Sababi, chegaraning ochib yuborilishi, taqiqlangan narsalarning o‘tib ketib qolishi katta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ammo shunga qaramay, bu masala yuzasidan rahbariyat topshirig‘ini inobatga olgan holda, xodimlarni 1 kun ishlab 2 kun dam olish sxemasiga o‘tkazish bo‘yicha kerakli ishlar olib borilyapti, – dedi boshqarma boshlig‘i.

Ma’lumot uchun, 2019 yilda O‘zbekiston chegara bojxona postlaridan fuqarolar harakati 2 baravarga oshib - 20 mln kishini tashkil qilgan. Shuningdek 1 mln. 900 mingta avtotransport vositasi o‘tgan. 2017-2014 yillarda esa - 42 mln odam harakatlanganligi qayd etilgan.