Ashraf G‘ani bosh vazir lavozimini tugatdi

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Abdulloh Abdulloh egallab turgan ijroiya hukumati rahbari lavozimini tugatdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Qayta saylangan Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Abdulloh Abdulloh egallab turgan ijroiya hukumati rahbari lavozimini tugatdi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy telekanal TOLOnews ma’lumotiga asoslangan holda xabar qildi.

Bosh vazir lavozimi muqobili bo‘lgan ijroiya hukumati rahbari lavozimi 2014-yil sentabrida ikki siyosatchi o‘rtasida hokimiyatni taqsimlash bitimi doirasida joriy etilgan edi. O‘shanda Abdulloh Abdulloh mamlakat prezidenti saylovlarida G‘aniga mag‘lub bo‘lganini tan olishni istamagan edi.

Afg‘onistonda ikki kishi o‘zini prezident deb e’lon qildi

Eslatib o‘tamiz, 9-mart kuni Ashraf G‘ani qasamod qabul qildi va rasman Afg‘oniston prezidenti lavozimiga kirishdi. Saylovlarda o‘z mag‘lubiyatini tan olmagan Abdulloh Abdullah ham o‘sha kuni davlat rahbari sifatida inauguratsiya marosimi o‘tkazdi va o‘zini prezident deb e’lon qildi.

Afg‘onistonda prezident saylovi

Cyentabr oyining oxirida Ashraf G‘ani saylovda 50,64% ovoz yig‘ib, g‘alaba qozongan edi.

Uning asosiy raqibi bosh vazir Abdulloh Abdulloh rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 39,52 foiz ovoz to‘plagan, ammo saylov natijalaridan rozi bo‘lmagan. U ovozlarni qayta hisoblash talab qildi. Uning talabiga binoan ovozlar qayta hisoblandi va yana bir bor uning mag‘lub bo‘lgani aytildi.