Sardor Umurzoqovning nomzodi bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma’qullandi

Deputatlar investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning nomzodini bosh vazirning o‘rinbosari lavozimiga ma’qullashdi.
Sputnik

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlanishi kutilmoqda.

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari –  O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga Sardor Umurzoqovning nomzodini ma’qulladilar.

Ta’kidlanishicha, qabul qilingan qaror O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, Sardor Umurzoqov 2019-yil yanvaridan buyon Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Unga qadar “O‘zcharmsanoat” assotsiatsiyasi rahbari sifatida ishlagan.