Maktabgacha ta’lim vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Qahramon Olimov O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Qahramon Olimov O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Qahramon Olimov O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 6-martdagi qaroriga asosan ushbu vazifani bajarishga kirishgan.

Maktabgacha ta’lim vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Olimov 1967-yili tug‘ilgan. Pedagogika fanlari doktori, professor.

2018 yildan boshlab Maktabgacha ta’lim vazirligining “Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish” boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

2018 yilgacha Buxoro muxandislik texnologiya institutining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.