TOShKENT, 10 mar - Sputnik. Afg‘onistonda prezidentlikka ikkita nomzod o‘zlarini davlat rahbarlari sifatida e’lon qilishdi, deya xabar beradi Tolonews.
Prezident vazifasini bajarayotgan Ashraf G‘ani sentabr oyida ikkinchi muddatga saylandi, kuni kecha saylovlar natijalari tasdiqlandi.
G‘anining inauguratsiyasi prezident saroyida bo‘lib o‘tdi.
Noxush hodisalar ham yuz berdi: saylangan prezident Ashraf G‘anining tantanali ravishda prezident vazifasiga kirishayotgan paytda Kobulda bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi. Bundan tashqari, bu hodisa o‘sha paytda marosim bo‘lib o‘tayotgan bo‘lgan prezidentlik saroyidan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda sodir bo‘ldi. Shunga qaramay, G‘ani marosimni davom ettirishga qaror qildi. Unda xorijiy diplomatlar, jumladan, AQShning maxsus vakili Zalmay Xalilzad va NATO kuchlari qo‘mondoni Skot Miller ishtirok etdi.
Biroq, bu uning asosiy raqibiga - hukumat rahbari Abdullohga ma’qul kelmadi. Keyin u o‘z inauguratsiya marosimini tarafdorlari qurshovida o‘tkazishga qaror qildi. Tadbir bosh vazir qarorgohida bo‘lib o‘tdi.
Keyinchalik qasamod qabul qilish vaqtida uyushtirilgan portlashlar uchun javobgarlikni IShID* terrorchilik guruhi javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Afg‘onistonda prezident saylovi
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyining oxirida Ashraf G‘ani saylovda 50,64% ovoz yig‘ib, g‘alaba qozongan edi. Uning asosiy raqibi bosh vazir Abdulloh Abdulloh rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 39,52 foiz ovoz to‘plagan va saylov natijalariga rozi bo‘lmagan. U ovozlarni qayta hisoblash talab qildi.
Uning talabiga binoan qayta sanash o‘tkazildi natijada uni fevral oyi oxirida yani bir bor ikkinchi deb e’tirof etishdi.
* - Rossiya Federatsiyasida va bir qator boshqa mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.