Andijonda tibbiyot xodimlariga pichoq bilan hujum qilishdi - video

Videorolikda yoshi taxminan 18-19 yoshlar atrofida bo‘lgan yigitning shifokorga pichoq bilan hujum qilganligini ko‘rish mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda shifokorga pichoq bilan hujum uyushtirilganligi aks etgan videorolik tarqaldi. Videorolik shifoxonaga o‘rnatilgan kameralar orqali yozib olingan.

Qo‘lidagi pichoq bilan shifokorga tashlanayotgan yigit atrofida uni tinchlantirishga urinayotgan shaxslarni ko‘rish mumkin.

Yozib qoldirilgan izohlarda esa holatning Andijon shahrida sodir bo‘lganligi aytilgan, ammo sababi haqida ma’lumot keltirib o‘tilmagan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbarining ma’lumot berishicha, hodisa natijadasida jabrlanganlar yo‘q.