Rossiyada uchta koronavirusning yangi holati aniqlandi

Koronavirus yuqtirganlar Kaliningrad, Belgorod va Moskva viloyatlarida aniqlangan. Bemorlar so‘nggi ikki haftada Italiyaga safar qilishgan.
Sputnik

TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Rossiyada uchta koronavirus bilan kasallanishning yangi holati aniqlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Koronavirus yuqtirganlar Kaliningrad, Belgorod va Moskva viloyatlarida aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, barcha infeksiya yuqtirganlar so‘nggi ikki haftada Italiyaga safar qilishgan.

Moskvada koronavirus bilan kasallangan birinchi rossiyalikka javob berildi

“Ular Rossiya Federatsiyasi hududida muloqot qilgan shaxslar aniqlandi. Ularni shifokorlar nazoratiga ostiga joylashtirish ishlari olib borilmoqda. Ularning laboratoriya tekshirishi o‘tkazilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Rossiyada jami 17 ta koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan. Ulardan ikkitasi Xitoy fuqarolari, 14 tasi Italiyadan qaytgan rossiyaliklar, yana bittasi esa Italiya fuqarosida aniqlangan. Ikki nafar xitoylikka va bir nafar rossiyalikka javob berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirus tufayli Moskvada “yuqori tayyorlik” tartibi joriy etilgan edi.