Parkent dehqon bozorida yirik yong‘in: uni o‘chirishga 20 dan ziyod texnika jalb qilindi

Parkent dehqon bozori hududida joylashgan bozorning oldi qatoridagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga 11 ta asosiy yong‘in o‘chirish avtomobillari va 10 dan ortiq yordamchi texnikalar jalb qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Toshkent viloyatidagi “Parkent dehqon bozori” MChJ hududida joylashgan do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi.

FVV xabariga ko‘ra, 8-mart kuni soat 00:25 da A.Navoiy ko‘chasida joylashgan “Parkent dehqon bozori” MChJ hududida joylashgan bozorning oldi qatoridagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Ta’kidlanishicha, yong‘in to‘g‘risida xabar kechiktirib berilgan.

“Qo‘yliq” bozori hududidagi do‘konlar yonib ketdi

“Yong‘inni bartaraf etishga 11 ta asosiy yong‘in o‘chirish avtomobillari va 10 dan ortiq yordamchi texnikalar jalb qilindi, soat 02:25 da yong‘inni tarqalishi oldi olindi va soat 03:50 da batamom o‘chirildi”, - deyilgan xabarda.

Yong‘indan 3000 kv.m. maydon saqlab qolindi.

Yong‘in natijasida halok bo‘lganlar va tan jarohati olgan shaxslar mavjud emas. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qo‘yliq” bozori hududidagi do‘konlar yonib ketgani xabar qilingan edi.