TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yil 1-iyuldan tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax-free) tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Tegishi qonun loyihasi jamotchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Ta’kidlanishicha, 2 oy muddatda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekistonda tovarlarni sotib olishda to‘langan QQSni qaytarish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
2020 yilning 1-iyuliga qadar Uzbekistan Airports AJ bilan birgalikda maxsus qaytarish punktlari O‘zbekistonning xalqaro aeroportlarida joylashtiriladi. Ular zarur uskunalar va zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlanadi.
Shuningdek, Tax-free tizimi ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashish imkonini beruvchi Tax-free tizimining Yagona elektron ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi.
Qaror loyihasi 21-martga qadar muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Tax-free tizimi joriy etilishi haqida xabar qilingan edi.