TIV epidemiya avj olgan Italiyada qancha o‘zbekistonlik borligini ma’lum qildi

Tashqi ishlar vazirligi epidemiya avj olgan Italiyada qancha o‘zbekistonlik borligini ma’lum qildi. O‘zbekistonlik talabalar uchun Telegram messenjerida 2 ta guruh – “Nashi studenti v Italii” va “Tashkent-Torino-2019/2020” ochildi.
Sputnik

TOShKENT, 6 mar – Sputnik. TIV epidemiya avj olgan Italiyada qancha o‘zbekistonlik borligini ma’lum qildi.

Koronavirus tufayli soqolni qirish kerakmi? Shifokor fikri

Italiya hududida COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistonning Rim shahridagi Elchixonasi huzurida Operativ shtab tuzildi va uning a’zolari vatandoshlar bilan muntazam ravishda muloqotda bo‘lib turilibdi.

O‘zbekistonlik talabalar uchun Telegram messenjerida 2 ta guruh – “Nashi studenti v Italii” va “Tashkent-Torino-2019/2020” ochildi. Konsullik hisobida jami 866 ta fuqaro turadi.

2020 yil 6-mart kuni ertalabki holatga ko‘ra Italiyada O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirus yuqtirganlar qayd etilmagan.

Elchixonaning ma’lum qilishicha, Italiya tomoni bilan kelishilgan holda O‘zbekiston vazirlik va idoralari, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari delegatsiyalarining 20 dan ortiq safarlari keyinroqqa ko‘chirildi, Italiyaning qator yetakchi kompaniyalari vakillarining mamlakatga tashriflari qoldirildi.

So‘nggi bir kun ichida Italiyada 2019-nCoV koronavirusi oqibatida 41 kishi vafot etib, mamlakatda kasallik qurbonlarining umumiy soni 148 kishiga yetdi. Mamlakatda 3 mingdan ortiq kishi kasallangan.