Koronavirus tufayli Moskvada “yuqori tayyorlik” tartibi kiritildi  

Moskvada koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida kiritilgan “yuqori tayyorlik” tartibi nimalarni nazarda tutgan?
Sputnik

TOShKENT, 6 mar – Sputnik. Kecha Moskvada koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida, “yuqori tayyorlik” tartibi kiritildi. Bu haqida shahar meri Sergey Sobanin farmonida aytib o‘tilgan.

“Yuqori tayyorlik” tartibi quyidagilarni nazarda tutadi:

  1. Koronavirus qayd etilgan hududlarga tashrif buyurgan fuqarolar vataniga qaytganidan so‘ng mahalliy organlarga borgan joyi va safari sanalari haqida maxsus trelefon raqami oraqali xabar qilishi kerak;
  2. Nafas olish yo‘llarida biror kasallik alomotlarini payqaganda, tibbiy  muassasalarga bormasdan, uyidan turib tez yordamga murojat qilishi kerak;
  3. Shifokorlar tavsiya qilgan izolyatsiya tartibini buzmaslik, cheklangan hududni tark etmasligi kerak;
  4. XXR, Italiya, Eron, Fransiya, Germaniya, Ispaniya va koronavirus tarqalgan boshqa davlatlarga tashrif buyurgan fuqarolar – 14 kun davomida uyda bo‘lishlari, maktab, oliygoh, ishxona va boshq jamoat joylariga bormaslikni ta’minlanishi kerak;
  5. Korxona va tashkilotlar xodimlar tana haroratini o‘lchashi va kasallikning birinchi alomatlari sezilganda  xodimlarni uyida izolyatsiya qilishiga sharoit yaratib berishlari kerak;
  6. Tibbiy bo‘linmalari kasallik varaqalarini (bolnichniy) poliklinikaga bormasdan rasmiylashtirish imkonini yaratishlari kerak;
  7. Koronavirus bo‘yicha maxsus tashkil qilingan shtab 24 soat ishlashga o‘tishini ta’minlash;

Eslatib o‘tamiz, ayni damda dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 96 287, qurbon bo‘lganlar 3310 kishini tashkil qilmoqda. Sog‘ayib ketganlar 53 457 kishini tashkil qildi.

Koronavirus tufayli dunyo bo‘ylab bir necha yirik tadbirlar bekor qilindi.