Siyosatshunos Afg‘oniston bosh vaziriga suiqasd qilish holati yuzasidan fikr bildirdi

Siyosatshunos, Rossiyaning zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi yetakchi mutaxassisi Andrey Serenko Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdullaga suiqasd versiyasi haqida gapirdi.
Sputnik

Afg‘onistonda mamlakat bosh vaziri Abdulla Abdullaga suiqasd uyushtirildi. Hodisa shia islomiy birlik partiyasi “Hizb-e Vahdat” yetakchisi Abdul Ali Mazarining xotira kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda yuz berdi.

Ekspert fikriga ko‘ra, hujumninng maqsadi aynan shaxsan bosh vazir bo‘lgani haqida gapirish erta.

“Shimoliy alyans – bu toliblarning an’anaviy raqibi, ular biron bir tadbirga yig‘ilishganda, “Tolibon” a’zolari tomonidan tez-tez hujumlar uyushtiriladi. O‘ylaymanki, agar Abdulla Abdullani haqiqatda o‘ldirishmoqchi bo‘lganida, albatta buni amalga oshirishgan bo‘lardi, bu qiyin emas”, - deydi Serenko.

Ekspert “bu hujum afg‘on aholisini qo‘rqitish va beqarorlikni tarqatishga navbatdagi urinish” deb ta’kidladi. Biroq, G‘anining raqiblari tomonidan amalga oshirilgan provokatsiya bo‘lishi mumkin.

Mutaxassisning batafsil izohini quyidagi podkastda tinglashingiz mumkin.

Siyosatshunos Afg‘oniston bosh vaziriga suiqasd qilish holati yuzasidan fikr bildirdi