TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Rossiyadan Qozog‘istonga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazib berishda ishtirok etgan transmilliy jinoiy guruh a’zolari respublikaning Akmola viloyatida qo‘lga olindi. Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) matbuot xizmati xabar qildi.
“Milliy xavfsizlik organlari tomonidan ko‘p bosqichli tezkor jarayonda kontrabanda tashkilotchilaridan 11 ta “Makarov” to‘pponchasi va ularga 1300 dan ortiq patron musodara qilindi", - deyiladi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi bayonotida.
Qozog‘istonda Rossiyadan qurol olib kelish bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hibsga olinganlarni 15-yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.
Qozog‘istonda Rossiyadan qurol olib kelish bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi