Qozog‘iston COVID-19 avj olgan mamlakatdan kelganlarni chiqarib yuborishga tayyor

Qozog‘iston SSV vazirining ta’kidlashicha, 4-mart kuni mamlakatga BAAdan bortida ikki nafar Xitoy fuqaro bo‘lgan samolyot kelgan. Ular izolyatsiya qilinib, keyin Xitoyga jo‘natib yuborilgan.
Sputnik

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Qozog‘iston COVID-19 avj olgan mamlakatdan kelganlarni o‘z hududidan chiqarib yuborishga tayyor. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.

O‘zbekiston koronavirusdan xoli turistik jozibador mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi

“Himoya maqsadida shunday mamlakatlardan kelgan yoki xavfli (koronavirus bo‘yicha - Sputnik.) mamlakatlarda bo‘lganlarni chiqarib yuborishga haqlimiz va chiqarib yuborishni amalga oshirapmiz”, - dedi Birtanov matbuot anjumanida.

Qozog‘istonlik vazirning ta’kidlashicha,  4 mart kuni mamlakatga BAAdan bortida ikki nafar Xitoy fuqaro bo‘lgan samolyot kelgan. Ular izolyatsiya qilinib, keyin Xitoyga jo‘natib yuborilgan.

COVID-19

2020 yilning 5-mart holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlarning umumiy soni 96 mingdan oshgan. Koronavirus 70dan ziyod mamlakatda qayd etilgan. Xitoydan keyin Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya va Eronda virusning avj olishi kuzatilmoqda. Mazkur kasallikdan 3303 kishi vafot etgan va 53 429 nafari esa tuzalib ketgan.