“Qo‘qon- Andijon-Qo‘qon”: Yangilangan elektrichka yo‘lga chiqdi

Elektrichka o‘z yo‘lida 9 ta vokzalda to‘xtab o‘tadi. Masalan, Qo‘qondan Oltiariqqa qadar – 3000 so‘m, Quva va Marg‘ilongacha – 5000 so‘m, Qo‘qondan Andijongacha esa – 7000 so‘mni tashkil etadi.
Sputnik

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. “Qo‘qon – Andijon – Qo‘qon” yo‘nalishida zamon talablariga to‘liq javob beradigan,  yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklarga ega elektrichkaning shaharlararo qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi xabar qildi.

Endilikda “Qo‘qon – Marg‘ilon – Andijon” yo‘nalishi bo‘yicha har kuni ikkitadan elektropoyezd yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatada. 

Ta’kidlanishicha, yangilangan variantdagi zamonaviy va qulay elektrichkada yo‘lovchilar uchun barcha sharoitlar mavjud.  Vagonlarda qishda issiq,  yozda salqin harorat ta’minlanadi. Vagonlarda qishda issiq,  yozda salqin harorat ta’minlanadi.  Yo‘lovchilar vagondagi yumshoq o‘rindiqlardan joy olib,  o‘rnatilgan monitorlarda manzilga yetgunga qadar konsert dasturlarini tomosha qilib,  yangiliklardan ham xabardor bo‘ladi.

“Qo‘qon- Andijon-Qo‘qon”: Yangilangan elektrichka yo‘lga chiqdi

Ertalabki soat 06:22 da Qo‘qon vokzalidan chiqqan poyezd soat 9:03 da Andijon vokzaliga yetib keladi.  Masofaning umumiy uzunligi 136 kilometrni tashkil etib,  elektrichka bu yo‘lni 2 soat 45 daqiqada bosib o‘tadi. 

Elektrichka o‘z yo‘lida 9 ta vokzalda to‘xtab o‘tadi. Masalan,  Qo‘qondan Oltiariqqa qadar – 3000 so‘m,  Quva va Marg‘ilongacha – 5000 so‘m,  Qo‘qondan Andijongacha esa – 7000 so‘mni tashkil etadi.

Hozirda “Toshkent – Xo‘jakent –Toshkent” hamda “Toshkent – Guliston – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan elektrichkalar ham sifatli ta’mirlanmoqda.