Rossiyada yana bir koronavirus yuqtirish holati qayd etildi

Kasallangan shaxs Italiya fuqarosidir. U Rossiyaga 29-mart kuni kelgan, 2-mart kuni esa O‘RI alomatlari bilan tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Rossiyada yana bir koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etildi. Bu haqda Rospotrebnadzor xabar qildi.

Kasallangan shaxs Italiya fuqarosidir. U Rossiyaga 29-mart kuni kelgan, 2-mart kuni esa O‘RI alomatlari bilan tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Italiyalik infeksiya boksiga yotqizilgan, tahlil esa koronavirusni aniqlagan.

Idorga xabariga ko‘ra, bemorning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Putin Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga baho berdi

“Kasallik yengil klinik shaklida o‘tmoqda, kasallikni yengillashtiruvchi tabobat o‘tkazilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, Rossiyada bemor bilan muloqot qilganlar ham shifokorlar nazoratiga olingan.

Rossiyada ilk ikkita koronavirus bilan kasallanish holati yanvar oxirida aniqlangan edi. Har ikkila bemor Xitoy fuqarolari edi. Ular shifoxonada davolanishda va tuzalgandan keyin ularga javob berildi.

Yana bir koronavirus bilan kasallanish holati Rossiyada 2-mart kuni kuzatilshgan edi. O‘shanda kasallik Italiyadan qaytgan rossiyalikda aniqlangan. Hozir u karantinga joylashtirilgan va davolanmoqda.