Putin va Erdog‘an muzokaralarining dastlabki tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Toyyib Erdog‘an uch soatdan ortiq yuzma-yuz suhbatlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Vladimir Putin va Toyyib Erdog‘an uch soatdan ortiq yuzma-yuz suhbatlashdi, dedi Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Putin va Erdog‘an yakkama-yakka muzokarasi ikki soat davom etmoqda

U hozirgi paytda prezidentlar delegatsiya a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazmoqdalar, deb qo‘shimcha qildi.

Ikki davlat rahbarlari muzokaralaridagi asosiy masala Suriyaning Idlib shahridagi vaziyatning keskinlashishi bo‘ldi. Rossiya va Turkiya prezidentlarining Kremldagi uchrashuvi Moskva vaqti bilan 14.06 da boshlandi.

Rossiya prezidenti muzokaralar boshlanishidan oldin bunday holat takrorlanmasligi, tomonlar Rossiya-Turkiya munosabatlarini qadrlanishi, ularni buzilmasligi uchun vaziyatni turkiyalik hamkasbi bilan "muhokama qilish" zarurligini ta’kidladi.

O‘z navbatida Erdog‘an muzokaralar natijalari Idlibdagi vaziyatni normallashtirishga yordam berishiga ishonch bildirdi.