XOQ Tokio-2020 Olimpiadasi bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi

Ma’lum qilinishicha, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi koronavirus va uning yangi turi xavfi borasidagi muhokamalaridan so‘ng musobaqalar o‘z vaqtida o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Tokio shahri mezbonlik qiladigan XXXII yozgi Olimpiya hamda XVI Paralimpiya o‘yinlari o‘z belgilangan sanasida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, XOQ ijroiya qo‘mitasi tomonidan koronavirus va uning yangi turi xavfi borasidagi muhokamalaridan so‘ng musobaqalar o‘z vaqtida o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

O‘zbekistonda Olimpiada ishtirokchilari uchun yangi libos taqdimoti o‘tkazildi

Qarorda ta’kidlanishicha, barcha sportchilar to‘rt yillikning eng yirik turniri uchun tayyorgarlikni davom ettirishlari mumkin.

XOQ ushbu qarorni ma’qullashda koronavirus tufayli yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazilmasligi borasidagi taxminlar paydo bo‘lganidan so‘ng qabul qilishga majbur bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zosi Dik Paund 2020-yilgi Tokio Olimpiadasi bekor qilinishi ehtimoli haqida gapirgan edi.

COVID-2019

Xitoyda noma’lum pnevmoniyaning avj olishi o‘tgan yilning oxirida boshlangan edi. 2020-yil 5-mart holatiga ko‘ra uni yuqtirganlar soni 95 ming kishidan oshgan. COVID-2019dan vafot etganlar soni 3285 kishini tashkil qilgan. 53 mingdan ziyod kishi esa tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan.