TOShKENT, 5 mar — Sputnik. O‘zbekistonda yangi shakldagi kadastr hujjati NFC - smart chipi o‘rnatilgan plastik karta namunasi taqdim etildi.
“Davergeodezkadastr” matbuot xizmatiga ko‘ra, karta eski uslubdagi kadastr pasportidagi barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, interaktiv davlat xizmatlarining yagona portaliga ulanish imkoniyatiga ega.
“Ushbu texnologiyaning afzalliklari orasida kommunal to‘lovlarni yangi kadastr kartasi orqali to‘lash imkoniyati mavjud”, — dedi qo‘mita matbuot kotibi Ne’matjon Otamurodov AOKAdagi anjumanda.
Yangi namunadagi kadastr pasporti (plastik karta) amaldagi qog‘oz versiyaga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Jumladan, saqlash uchun qulay va hujjatni qalbakilashtirish ehtimolini pasaytiradi, yuridik va jismoniy shaxslar uchun ortiqcha burokratik jarayonlarni kamaytiradi, kommunal xizmatlar, soliqlar, davlat bojlari uchun to‘lovlarni qulay va to‘liq amalga oshirish uchun tizimni yagona billing tizimiga birlashtiradi.
Shuningdek, yangi namunadagi kadastr kartasi mulk va mulk egasi to‘g‘risidagi barcha zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi va davlat organlari bilan bog‘langan bo‘lib notarius tomonidan amalga oshiriladigan notarial operatsiyalarni bajarilishini osonlashtiradi.