Nomzod Jo Bayden saylovchilar oldida chiqish qila turib, singlisini rafiqasi sifatida tanishtirib yubordi.
Sobiq AQSh vitse-prezidenti o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Ayollarni o‘z joylarini almashtirib, uni chalg‘itishganini aytib hazil qildi.
Noqulay vaziyat muhrlangan kadrlar video internet olami bo‘ylab tarqalib ketdi.
Foydalanuvchilar turlicha munosabat bildirishdi: kimdir Baydenning xotiniga erini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun tahsin o‘qidi, yana kimdir nomzod 77 yoshdaligini eslatib, buni keksalikka yo‘ygan.
Siyosatchi noqulay vaziyatni bartaraf etishga urgurmayoq, yana bir ko‘ngilsiz holat ro‘y berdi. Sahnaga Baydenga qarshi bo‘lgan ayol, plakat ko‘tarib chiqdi.