TOShKENT, 4 mar – Sputnik. Kecha 3-mart kuni O‘zbekiston Xitoyga ikkinchi partiya insonparvarlik yordamini yubordi, deb xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshrig‘iga asosan 2020-yilning 3-mart kuni soat 15:30 da Maxsus bort navbatdagi insonparvarlik yordami bilan koronavirusga qarshi kurashish uchun amaliy ko‘mak berish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasiga uchib ketdi”, - deyilgan xabarda.
Mudofaa vazirligining CASA C-295 rusumli harbiy samolyoti Toshkentdan Urumchiga jo‘nab ketdi.
Insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasiga ham, birinchi partiyada bo‘lgani kabi – bir martalik steril qo‘lqoplar, himoya kombinezonlari, havoni filtrlash maskalari va boshqa buyumlardan iborat, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 12-fevral kun O‘zbekiston Xitoyga "Il-76" harbiy samolyotida birinchi partiya insonparvarlik yordamini jo‘natgan edi.