Rossiya Eronga koronavirusga qarshi kurashishda qanday yordam berishi mumkin – ekspert

Vrach-immunolog Vladislav Jemchugov Rossiya Eronga koronavirusga qarshi qanday yordam berishi borasida o‘z mulohazalarini bildirdi.
Sputnik

Hozirgi kunda Eronda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘ir va Rossiya epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazishda yordam berishi mumkin, deydi Vladislav Jemchugov, tibbiyot fanlari doktori, vrach-immunolog, o‘ta xavfli infeksiyalar bo‘yicha mutaxassis.

“Biz aniq nimalarga yordam berishimiz mumkin: tashxis sinov tizimlarini ishlab chiqish, zarur jihozlar, himoya qutilari, xodimlar uchun himoya kostumlari, bemorlarni olib yuradigan yopiq zambillarni yetkazib berishimiz mumkin  - bularning ishlab chiqarilishi bizda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu birinchi navbatda kerak bo‘ladiganlari”, - dedi mutaxassis Sputnik radiosi efirida.

Uning fikriga ko‘ra, Rossiyada jiddiy va o‘ta xavfli infeksiyalarga qarshi kurashishda bir asrlik tajribaga ega bo‘lgan, davlat darajasida yaxshi ishlaydigan tizim mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Eronda koronavirus yuqtirganMuvofiqlik kengashi (Eron oliy rahbari qoshidagi kengash organi) a’zosi Muhammad Mirmuhammadiy vafot etdi.

Eron epidemiyaning tarqalish markazlaridan biriga aylandi. Virusni yuqtirganlar soni ming kishiga yetdi, ular orasida - hukumat vakillari. 54 nafar eronlik epidemiyaning qurboni bo‘ldi.

Rossiya Eronga koronavirusga qarshi kurashishda qanday yordam berishi mumkin – ekspert