Putin Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga baho berdi

Vladimir Putin Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskin emasligini ma’lum qildi. Lekin odamlar haqiqiy vaziyatni bilishlari darkor.
Sputnik

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskin emasligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Putin koronavirus tufayli iqtisodiyotdagi salbiy oqibatlar haqida gapirdi

“Xudoga shukur, hech narsa hozircha bizda keskin emas. Lekin odamlar haqiqiy vaziyatni bilishlari darkor. Men mana shu axborot ishini yo‘lga qo‘yishlaringizni so‘rayman”, - degan Putin hukumat a’zolari bilan bo‘lgan yig‘ilishda.

Eslatib o‘tmiz, avvalroq Rossiya bir qator tibbiy buyumlarni, jumladan, tibbiy niqoblarni mamlakatdan olib chiqishni birinchi iyunga qadar taqiqlagan edi.