Xitoylik olimlar koronavirusning 2 xil turini aniqlashdi

Xitoylik olimlar koronavirusning tajovuzkoriligi bilan farqlanuvchi L va S turlari aniqlashgan: L - eng keng tarqalgan (70%) va S - uning ulushi 30%.
Sputnik

TOShKENT, 4 mar - Sputnik. Xitoyda bir guruh olimlar tomonidan nashr etilgan National Science Review jurnalida chop etilgan maqolada aytilishicha, kasallik paydo bo‘lganidan beri koronavirusning 150 taga yaqin yangi shakllari paydo bo‘lgan, RIA Novosti xabariga asosan.

Putin Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga baho berdi

Olimlar SARS-CoV-2 (COVID-19)ning 103 ta ommalashgan genomlarini tahlil qilishgach, virus shtammida 149 o‘zgarishlarni topdilar, ularning aksariyati yaqinda sodir bo‘lgan.

Mutaxassislar, shuningdek,  virusning tajovuzkoriligi bilan farqlanuvchi L va S turlari aniqlashgan: L - eng keng tarqalgan (70%) va S - uning ulushi 30%. Olimlarning ta’kidlashicha, L-kichik tipi Uxandagi avj olishning dastlabki bosqichlarida ko‘proq uchragan, ammo uning qaytalanishi yanvar oyining boshiga qadar pasaygan. Hisobot mualliflarining fikriga ko‘ra, inson aralashuvi, yanada tajovuzkor va tezroq tarqalishi mumkin bo‘lgan L-tipiga kuchli selektiv bosim o‘tkazgan. Boshqa tomondan, evolyutsiyaviy jihatdan eski va kamroq tajovuzkor bo‘lgan S kichik tipining nisbatan tarqalganligi, ehtimol, zaif selektiv bosim tufayli kuchaygan.

"Bizning tahlilimiz shuni tahmin qiladiki, S-tipi, ehtimol SARS-CoV-2 ning asl tarkibdagi ko‘rinishi. Bizning tadqiqotlarimiz ham L kichik tipi S kichik tipidan ancha tajovuzkorroq degan tushunchani qo‘llab-quvvatlaydi va inson aralashuvi L va S kichik tiplarining avj olgandan ko‘p o‘tmay nisbiy tarqalishlikni o‘zgartirdi", - deyiladi maqolada.

Hisobot mualliflari tadqiqotda tahlil qilingan ma’lumotlar hali ham juda cheklanganligini ta’kidlashadi, shuning uchun qo‘shimcha tahlil qilish va yaxshiroq tushunish uchun ko‘proq genom, epidemiologik ma’lumotlar, shuningdek SARS-CoV-2 bilan og‘rigan bemorlarning klinik belgilari to‘g‘risida ma’lumot talab qilinadi.

Koronavirus vahimasi: Yaponiyada supermarket rastalari bo‘shab qoldi

2019 yil 31-dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismida (Xubey provinsiyasi) Uxan shahrida kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar bergan. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisi yangi koronavirus ekanligini aniqladilar. JSST ushbu kasallikni xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy - COVID-19 nomini berdi. Xitoyda 2981 kishi ushbu kasallikning qurboniga aylandi, deyarli 50 ming bemor davolandi, yana 27,4 ming kishi kasalxonalarda qolmoqda.