XXI asr vabosi: o‘lmasak nima bo‘ladi

COVID-19 infeksiyasining rivojlanishi, uning sayyoradagi g‘alabali yurishi haqida deyarli har daqiqada xabar qilinmoqda. Hozirgi utopiya tobora vahima qo‘zg‘atuvchi kayfiyat bag‘ishlayotgani shubhasizdir, deb hisoblaydi muallif.
Sputnik

COVID-19 infeksiyasining rivojlanishi, uning sayyoradagi g‘alabali yurishi haqida  deyarli har daqiqada xabardor qilayotgan matbuotni kuzata turib, vahimali xavotir va o‘latdan aziyat chekayotganlar soni (ehtimol, hozircha) o‘rtasidagi tafovutni payqamaslikni iloji yo‘q. Bu har yili grippdan vafot etganlar soni va pnevmoniyadan har yili qurbon bo‘lganlar sonidan ancha past, deb yozadi RIA Novosti muallifi.

Germaniyalik vazir COVID-19 tufayli Merkel bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortdi

Albatta, yangi virusning qurbonlari nisbatan kamligi bu beparvolikka sabab bo‘lmaydi. Birinchidan, har qanday holatda, o‘lim bu o‘lim, va yangi tahdid - bu yangi tahdid, ikkinchidan, kelajakdagi istiqbollar unchalik aniq emas. Epidemiya qaysi bosqichdaligi ham aniq emas - boshlang‘ich, ikkilamchi yoki yakuniymi. Odatda bunday holatlar qanday sirli ravishda paydo bo‘lsa, shunday sirli ravishda yo‘qoladi. Negaligi aniq emas.

Boshqa tomondan, avvalgi vahima hujumlari hollarini eslaymiz. Cho‘chqa grippi, parranda grippi, SARS (atipik pnevmoniya), Ebola bezgagi, insoniyat esa hali ham barhayot. Ammo o‘n besh yil oldin, parranda grippi dunyo aholisining uchdan bir qismini, ya’ni uch milliardga yaqin odamni o‘ldirishi mumkinligi bashorat qilingan edi. Aslida qurbonlar soni 300 ga yaqin bo‘lgan.

Albatta, bu yangi o‘ta zararli infeksiyaning paydo bo‘lishini istisno qilmaydi - osonlik bilan yuqadigan va joyida o‘ldiruvchi. Ushbu sohadagi bilim hali ham ko‘p ta’minlay olmaydi va kafolatni esa faqat sug‘urta polisi beradi.

Ammo yana bir savol berilishi kerak: epidemiologik vaziyat iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qanday ta’sir qilishi mumkin? COVID-19 uchun allaqachon geologik miqyosdagi jarayonlarni harakatga keltiruvchi detonator rolini o‘ynashi mumkin bo‘lgan “qora oqqush”, ya’ni kutilmagan hodisa deb atashga ulgurishdi. Ba’zilar tushkunlikka tushishdi, boshqalar quvonishdi, biroq hammasi ham eski dunyo virusdan qulashni boshlaganini taxmin qilishmoqda.

Shubhasiz, Fukuyama talqinidagi “tarixning oxiri” havoriylarning "qachonki "tinchlik va xavfsizlik "deganlarida, ularning halokati to‘satdan yuz beradi" (1Fes.5:3) so‘zlari esga tushadi. Liberal utopiyaning (xomxayol, xayoliy orzu) aqlsiz o‘zidan mag‘rurligi yaxshi natija bermaydi.

Putin koronavirus tufayli iqtisodiyotdagi salbiy oqibatlar haqida gapirdi

Biroq, o‘tmishdagi o‘latli balolarni eslaylik, ularga nisbatan COVID-19 yengil aksirishdan boshqa narsa emas. 1918-1919 yillardagi ispan virusi, eng kamida 40 millionning hayotiga zomin bo‘ldi, bu Birinchi Jahon urushidagi yo‘qotishlardan to‘rt baravar ko‘pdir. Shu bilan birga, ushbu urushda odamlar front atrofi xududlarida halok bo‘lishgan, front ortida va ayniqsa neytral mamlakatlar aholisi o‘zlarini xavfsiz his qilishgan, ispan esa na front ortidagilarni va na neytrallarni ayamadi. Ispaniya grippi virusi juda yovuz bo‘lib, keksalarni ham, kuchga to‘lgan yoshlarni ham narigi dunyoga ravona qildi.

Shunga qaramay, tez orada ispan pandemiyasi unutildi va madaniyatda, xalq an’analarida juda sezilmas izlar qoldirdi. Ha, qadimgi Yevropa dunyosi yo‘q bo‘lib ketdi, lekin bu jahon urushi qirg‘inlari va to‘rt imperiyaning qulashi natijasida ro‘y berdi, ispan grippi esa o‘zining vayronagarchiligi bilan Yevropaning falokatiga alohida ta’sir ko‘rsatmadi.

Koronavirus vahimasi: Yaponiyada supermarket rastalari bo‘shab qoldi

Aftidan, XIV asr o‘rtalarining Yevropa aholisining to‘rtdan biridan uchdan bir qismigacha (20-25 million) o‘rib chiqqan va hosilini Ispaniya va Irlandiyadan Polsha va Rossiyagacha yig‘ib olgan  qora o‘lati aynan o‘sha qora oqqush bo‘lishi kerak edi. Oxir oqibat, vabo hatto Yuz yillik urushni ham to‘xtatdi va uning butun iqtisodiyotga ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi: ko‘p sonli ishchilarning yo‘qolishi butun mehnat munosabatlari tizimini o‘zgartirdi. Va yana, Yevropaning o‘sha paytdagi eng muhim markazlari - Florensiya, Genuya, Papa Avinonida ko‘plab olijanob odamlarni yo‘q qilgan yahudiy qirg‘inlarining paydo bo‘lishiga olib kelgan vabo shafqatsizliklari madaniyatda ham aks ettirilgan. "Dekameron"ni hamma o‘qigan.

Ammo o‘n yil o‘tdi. Vabo vaqti-vaqti bilan oqibatlarini eslatib turardi (u G‘arbiy Yevropada XVIII asrgacha paydo bo‘lib turgan), ammo umuman olganda u na siyosat, na iqtisodni tubdan o‘zgartirmadi. Yuz yillik urush 1360-yilda qayta boshlanib, Fransiyani deyarli yana bir asr davomida azobladi. Iqtisodiy, diniy, madaniy nuqtayi nazardan, vabodan oldingi davr va vabodan keyingi davr to‘liq uzluksizlikni namoyish etadi - keskin o‘zgarishlar yuz bermadi va agar qora o‘lat Yevropani chetlab o‘tganda ham vaziyat xuddi shundayligicha bo‘lardi deb taxmin qilsa bo‘ladi.

Koronavirus nobud qilgan bemor jasadi yorildi va natijasi e’lon qilindi

O‘rta asrlardagi jamiyatning ushbu moslashuvchanligi, hatto o‘lat va ocharchilik, qo‘rqoqlik va vayronagarchilik ham o‘sha davr hayotining ajralmas qismi bo‘lganligi bilan izohlanishi mumkin va O‘rta asrlarning odami hamma narsaga, shu jumladan vabo dahshatlariga bardosh berishga odatlangan edi. O‘sha paytda, agar voqeaning oxiri haqida o‘ylagan bo‘lsa ham, unda Fukuyamadan farqli o‘laroq juda dahshatliroq ma’noda. Dies irae, dies illa mutlaqo liberal utopiya emas.

Boshqa tomondan, hozirgi vahima tobora ko‘proq vahima qo‘zg‘atayotganini inkor etib bo‘lmaydi. G‘arb dunyosidagi universitetlar va aqliy markazlari g‘olib liberalizmning porloq kelajagi haqida jar solishi (bundan boshqa yana nima ishi ham bor?) davom etayotgan mahalda, ushbu g‘olib ma’ruzalarga kontrapunkt bo‘lib Greta Tunbergning qasidalari, hozirgi virusologiyasi yoki boshqa narsalar chiqapti. “Va odamlar olamga keladigan musibatlardan qo‘rquv va kutishdan haloq bo‘ladilar” (Lk.21:26).

Shubhasiz, utopiyalar bilan boshqacha yo‘l tutib bo‘lmaydi.