O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar besh haftadan buyon arzonlashmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 2 mar – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan  3 martdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi ketma-ket beshinchi hafta pasayishda davom etmoqda. Bu hafta 12,44 so‘mga arzonlashib, 9 513,84 so‘mni tashkil qildi.

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi

Yevroda keskin ko‘tarilish kuzatildi. Birdaniga 159,66 so‘mga qimmatlashib, 10 489,01 so‘mni tashkil qildi.

Rubl ham 6,97 so‘mga arzonlashgan. Bu hafta uning kursi 141,85 co‘mni tashkil qildi.