O‘zbekistonda 1-maydan bog‘cha puli oshadi – jadval

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda 1-maydan bog‘chaga to‘lanadigan ota-onalar puli miqdorlari tasdiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 1-maydan bolalar bog‘chasi uchun to‘lov miqdorlari o‘zgaradi. Bu haqda Adliya vazirligining ”Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi.

Bolaning poytaxt va viloyat markazlaridagi davlat bog‘chalarida 9 soat bo‘lishi narxi o‘rtacha 15 foizga oshadi. Bir oiladan bittadan ko‘p bola borgan taqdirda ham – narx har bir bola uchun o‘rtacha 15 foizga ko‘tariladi. 

Quyida 1-maydan amalga kiritilayotgan bog‘chaga to‘lanadigan ota-onalar puli miqdorlari ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonda 1-maydan bog‘cha puli oshadi – jadval

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahri, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida, Samarqand viloyatining Hypobod, Qo‘shrabot, Urgut, Bulung‘ur va Paxtachi tumanlarida, Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Forish, Mirzacho‘l va Yangiobod tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlarida, Farg‘ona viloyatining So‘x tumani hamda Farg‘ona tumanining “Shohimardon” va “Yordon” qishloqlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar tomonidan har oyda bolalar ta’minoti uchun to‘lanadigan haq miqdori o‘rnatilgan tarifning 50 foizi miqdorida belgilanadi.