Sputnik muxbiri xabar qilishicha, marosimda Toshkent shahar hokimi J. Artikxodjayev, Toshkent shahar XTBB boshlig‘i A.Mamadjonov, Sergeli tumani hokimi B.Shamuratov hamda boshqa davlat va jamoat arboblari qatnashdi.
Yangi maktablarning har biri 4 qavatli bo‘lib, 48 ta sinf xonasiga ega, quvvati 1680 o‘rinli. Alohida sport zal, faollar zali, oshxonaga, shuningdek, futbol maydoniga ega.
Yangi maktablar ochilishi marosimi qanday o‘tgani haqida Sputnik lavhasida tomosha qilishingiz mumkin.